Topshiriq chatda koʻmilib ketadi
Guruhda yozilgan vazifa ertasiga yangi xabarlar ostida qoladi, kim olgani esa noaniq.
Topshiriqlar
Topshiriqni webdan, Telegram guruhidan yoki ovozli xabar bilan berasiz. Xodim uni Telegramda oladi, fayl bilan hisobot yuboradi, siz esa bir bosishda qabul qilasiz yoki izoh bilan qaytarasiz.
Bu modulsiz qanday boʻladi
Guruhda yozilgan vazifa ertasiga yangi xabarlar ostida qoladi, kim olgani esa noaniq.
Kim eslatishi kerak? Odatda hech kim — muddat oʻtgach bilinadi.
Kimdir chatga, kimdir pochtaga, kimdir ogʻzaki aytadi. Tarix saqlanmaydi.
Qanday ishlaydi
Bir yoki bir nechta masʼul, muddat, muhimlik darajasi va fayllar. Kerak boʻlsa — har hafta yoki har oy takrorlanadigan qilib.
Topshiriq Telegramga keladi. Xodim jarayonni belgilaydi va natijani fayl bilan yuboradi.
Hisobotni qabul qilasiz yoki izoh bilan qaytarasiz. Har bir qaytarish tarixda qoladi.
Imkoniyatlar
Har bir ijrochining holati alohida: kim topshirdi, kim hali ishlayapti.
Toʻrt daraja muhimlik, muddati oʻtganlar avtomatik ajralib turadi.
Haftalik yoki oylik hisobotlar oʻzi qayta yaratiladi — qoʻlda eslatish shart emas.
Hisobot nechta marta qaytarilgani va nima uchun — hammasi saqlanadi.
Ovozli xabar yoki guruhdagi /topshiriq buyrugʻi — topshiriqqa aylanadi.
Filtrlangan roʻyxatni bir bosishda Excelga chiqarib olasiz.
Kun oxirida tizim bugun bergan topshiriqlaringizni va ularning holatini Telegramga yuboradi. Hech biri nazoratdan chetda qolmaydi.
Savol-javob
Ha. Har bir ijrochi oʻz hisobotini alohida yuboradi va siz har birini alohida qabul qilasiz yoki qaytarasiz.
U web paneldan ham xuddi shu topshiriqlarni koʻradi va hisobot yuboradi. Telegram faqat qulaylik uchun.
Rahbariyat va boʻlim boshliqlari. Kim kimga topshiriq bera olishi rollar va boʻlim tuzilmasi orqali belgilanadi.
Demoda tizimni aynan sizning tuzilmangiz misolida koʻrsatamiz va savollaringizga javob beramiz. Majburiyat yoʻq.